Oʻzbekcha / ўзбекча: Dobusiya yoki Dobusqal’a Paxtachi tumanining eng kohna va qadimiy tarixdan so’zlovchi o’lkasi. Samarqand bilan Buxoro shaharlarini o‘zaro bog‘lab turgan Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan qadimgi shaharlar ichida eng yirigi va ahamiyatlisi bu Dobusiya shaharchasidir. Bu qadimiy shahar O’rta Osiyo svilizatsiya markazlaridan bo’gan desak ham adashmagan bo’lamiz. Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan bu shahar barcha Sharq shaharlari kabi uch qismdan: ark, shahriston va raboddan iborat bo’lgan. Shahar arkida hukmdor, ya’ni davlatni boshqargan rahbar va saroy ayonlari yashashgan. Shahristonda shaharliklar hamda aslzodalar hayot kechirgan. Shaharning rabod qismida esa hunarmandlar, savdogarlar va qo‘shin askarlari istiqoad qilgan. Shahar atrofi dushman hujumidan saqlanish uchun chuqur xandak va mustahkam mudofaa devori bilan o‘rab olingan bo’lgan. Dobusiya shahri rabodining shimoli g‘arbiy qismida imom Bahra ota xotirasiga maqbara bunyod qilingan. Ushbu maqbara haqida ayrim manbalarda Abu Xurayra maqbarasi deb ham keltiriladi. Maqbarada saqlangan qabrtoshlardan bu yerga dafn qilingan tarixiy shaxsning shaxsiyati haligacha aniqlanmagan. Imom Bahra maqbarasining g’ishtlari va me’moriy tuzilishiga qarab olimlar uni taxminan XV-XVI asrlarda barpo qilingan, deyishadi.
de partager – de copier, distribuer et transmettre cette œuvre
d’adapter – de modifier cette œuvre
Sous les conditions suivantes :
paternité – Vous devez donner les informations appropriées concernant l'auteur, fournir un lien vers la licence et indiquer si des modifications ont été faites. Vous pouvez faire cela par tout moyen raisonnable, mais en aucune façon suggérant que l’auteur vous soutient ou approuve l’utilisation que vous en faites.
partage à l’identique – Si vous modifiez, transformez, ou vous basez sur cette œuvre, vous devez distribuer votre contribution sous la même licence ou une licence compatible avec celle de l’original.